Chet tili bo‘yicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatining cheklangan darajasini belgilash tarifini tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Foto: “Gazeta.uz”

Qonunchilikka muvofiq, xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi akkreditatsiyadan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjat bilan chet tili bo‘yicha malaka imtihonida ishtirok etish uchun to‘lov, bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim barobari (304 ming 095 so‘m) etib belgilandi.

Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.