Namangan viloyat hokimligi binosida Gollandiyaning Halal Correct Certification sertifikatlashtirish idorasi hamda Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi mas’ullari hamkorligida uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati

Uchrashuvda Namangan shahrida “Halol” sertfikatlashtirish idorasini tashkil qilish, viloyat va respublika miqyosida yo‘nalish bo‘yicha sertifikatlashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalarga yaqindan amaliy yordam ko‘rsatish masalalari kelishib olindi.

Shu kunning o‘zidayoq Davlat xizmatlari markazi tomonidan Halal Correct Certification Uzbekistan mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.