2019-yil 1-iyun kuni soat 04:50 larda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denov mahallasida yashovchi 28 yoshli D.T. o‘z boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida avtomashinaning orqa tomon g‘ildiragi yorilib ketgan. Natijada D.T. boshqaruvni eplay olmay avtomashinani yo‘l chetida to‘xtab turgan fuqaro J.E. boshqaruvidagi yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Oqibatda Nexia avtomashinasi yo‘lovchisi, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashagan U.F. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Haydovchi D.T. va yana bir yo‘lovchi B.M.lar tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay B.M.kasalxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)