Yaponiyada dunyodagi birinchi robot o‘t o‘chiruvchilar bo‘linmasi yaratildi. Ular odamlarni ishlatish xavfli bo‘lgan holatlarga, og‘ir va keng ko‘lamli yong‘inlarga mo‘ljallangan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qiladi.

Foto: “PCnews.ru”

Bo‘linmada to‘rtta toifadagi robotlar mavjud. Ular orasida qolganlari kabi boshqaruvchisiz yong‘in va uning rivojlanishi haqidagi ma’lumotni yetkazib berishi kerak bo‘lgani ham mavjud.

Shuningdek, vayronalar to‘plamidan tozalaydigan kovshli va manipulyator-qo‘lli buldozer bo‘linma tarkibiga kiritilgan. Bundan tashqari, turli xil suv sepuvchi mashinalar ham bor.

Shunisi ma’lumki, bo‘linmalardan biri Itixaradagi bazaga joylashtirilgan.