Yozgi transferlar vaqtida “Barselona”ni ba’zi o‘yinchilar tark etadi, deb yozmoqda Football 24.

Foto: Twitter

Boisi klubga Antuan Grizmann va Matteys de Ligtni olib kelish uchun katta mablag‘ zarur.

Sotilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan: Yasper Sillessen, Koutinyo, Nelson Semedu, Denis Suares, Rafinya Alkantara, Andre Gomesh, Malkom, Ivan Rakitich va Samyuel Umtiti.

Kataloniya klubi ushbu futbolchilar sotuvidan 265 mln yevro ishlab olishni ko‘zlagan. Grizmann va de Ligtni sotib olish uchun esa klub rahbariyati 190-200 mln yevro sarflashi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!