Joriy 2019-yilning 14-may kunida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Missisipi shtatining gubernatori Fil Brayant hamda Missisipi shtati Milliy gvardiyasi general adyutanti Djenson Boyls boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Bahodir Tashmatov bilan uchrashdi. Bu haqda Milliy gvardiya “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Milliy gvardiya

Uchrashuv davomida ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni o‘rnatish maqsadida bir qator masalalar muhokama qilinib, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda AQShni strategik hamkor sifatida ko‘rishi hamda mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda o‘rni yuqori ekanligi ta’kidlandi.

Foto: Milliy gvardiya

Muzokarada kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim bo‘g‘in sifatida xizmat qiluvchi Toshkentdagi AQSh elchixonasining AQSh ishlari bo‘yicha ishonchli vakili Alan Melser ham ishtirok etdi.

Foto: Milliy gvardiya

Foto: Milliy gvardiya

Foto: Milliy gvardiya