12-may kuni Tel-Avivda “Yevrovideniye-2019” xalqaro qo‘shiq tanlovi boshlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Tanlovda 41 mamlakatdan kelgan xonanda va guruhlar ishtirok etmoqda. Tanlov yarim finali Tel-Avivdagi Ko‘rgazmalar zalida 14 va 16-may kunlari, final esa 18-mayda bo‘lib o‘tadi.

Isroil poytaxtida mazkur tadbir munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Shaharni tanlov o‘tadigan hafta mobaynida 20 ming politsiyachi qo‘riqlaydi.