Prezident Vladimir Putin Rossiyaning eng yaxshi xokkeychilaridan biri hisoblanadi, deb kinoya bilan yozadi Meduza. Putin bitta o‘yin davomida o‘rtacha 3,6 shayba kiritadi — xokkeychi Aleksandr Ovechkinning ko‘rsatkichlaridan ham yaxshiroq.

“TASS”

Vladimir Putin 10-may kuni Sochida “Legendi xokkeya” jamoasi safida Tungi xokkey ligasi jamoasiga qarshi o‘ynadi. Raqiblar o‘zini prezidentga xalal berishga urinayotgandek ham tutmagan hatto. Mana, o‘zingiz ko‘ring:

“Legendi xokkeya” 14:7 hisobida g‘alaba qozongan. Prezident hammadan ko‘ra ko‘proq shayba kiritgan, lekin aynan qancha kiritgani aniq emas. Rossiya axborot agentliklari 10 ta shayba kiritilgan, deb xabar bergan bo‘lsa, Kreml to‘qqizta, Tungi xokkey ligasi esa 8 ta shayba kiritilgani haqida xabar qoldirgan.

O‘yin yakuniga yetganidan so‘ng Rossiya prezident tribunadagilarni olqishlab bort bo‘ylab o‘tayotganida,  qizil gilamni ko‘rmay qolgan va qoqilib yiqilgan. Xokkeychilar Vyacheslav Fetisov va Valeriy Kamenskiy Putinga turishga yordam berib yuborgan.