Parijdagi Eyfel minorasining yonida joylashgan uy sotuvga qo‘yildi. Bu haqda ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanuvchi Kalinka Group ma’lum qildi.

Foto: “Yandex.by”

10,5 ming kvadrat metr maydonga ega olti qavatli binoning narxi 220 million yevroga baholanmoqda. Mazkur inshoot XV — XVII asrda qurilgan bo‘lib, uning derazalari Sena daryosi va Eyfel minorasiga qaragan.

“Parijda bu turdagi taklif boshqa mavjud emas. Shu sababli bundayin ko‘chmas mulk obyektlarini ‘o‘ta noyob’ hisoblanadi. Ularga egalik qilish — o‘z kolleksiyangizni qimmatli aktivlar bilan to‘ldirishdek daromadli masala emas”, — deydi Kalinka International rahbari Tatyana Burlakovskaya.

Kompaniya ushbu uylarga hozirga kim egalik qilayotganiga aniqlik kiritmagan, faqatgina opa-singil qariyalarga tegishli eganligi ma’lum.

Knight Frank xalqaro konsalting kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019-yilda Parij shahri Madrid va Berlin kabi eng qimmat yashash joyiga ega poytaxt shaharlar ro‘yxatining boshidan o‘rin oladi.