Gulnora Karimovaning Shveysariyada Mercedes-Benz SLR2DR, Bentley Arnage va Range Rover Sport V8 rusumli avtomobillari bo‘lgan. Ularning umumiy narxi 1 million frankka (qariyb 1 mln AQSh dollari) baholanmoqda, deya xabar berdi “Xabar.uz”.

Foto: “Versiya info”

“Ushbu avtomobillarning kalitlari 2013-yildayoq konfiskatsiya qilingan. Ammo hamon Gulnora Karimova tomonidan 2009-yilda 18,2 mln frankka sotib olingan Kolonidagi hovlisi hududida qolmoqda”, — deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, Gulnora Karimova 2008-yili O‘zbekistonning BMTdagi vakili etib tayinlangandi. Biroq 2013-yili u diplomatik immunitetdan mahrum bo‘ladi va Shveysariya prokuraturasi unga nisbatan pullarni o‘zlashtirish aybi bilan jinoiy ish ochadi. Natijada uning Shveysariya banklaridagi hisobida saqlangan 800 mln frank muzlatib qo‘yiladi