Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiyaning Kirov shahrida maktab o‘quvchilariga nos sotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Guvohlar o‘zbekistonlik migrant Markaziy bozor oldida kechayu kunduz taqiqlangan modda sotganini ma’lum qilishgan. Qo‘lga olingan shaxs bolalarga nos sotganini inkor qildi.

Mazkur fuqaroning uyi tintuv qilinganda u yerdan besh kilogrammdan ortiq nos topilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada bir guruh Ulyanovsk kursantlari nos chekish oqibatida exinokokkoz kasalligini yuqtirgan bo‘lishlari mumkinligi haqida xabar qilgan edik.

Nos, nosvoy — o‘zida nikotin saqlovchi chekimlik. Mahsulotning asosini nos tamakisi tashkil etsa-da, og‘iz shilliq qavatida yaxshiroq so‘rilishi uchun kul, so‘ndirilgan ohak, o‘simlik yog‘lari, turli xil ta’m beruvchi qo‘shimchalar, tovuq tezagi va tuya go‘ngi aralashtirilishi mumkin.

Nos tarkibida hayvonlarning go‘ngi mavjud bo‘lgani uchun uni iste’mol qilgan odam turli oshqozon infeksiyalarini va parazit hayvon kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin. Nos asosan Markaziy Osiyo mamlakatlarida tayyorlanadi va chekiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi