Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2019-yil 15-fevralda O‘zbekiston Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.

Foto: “Darakchi.uz”

Foto: “Darakchi.uz”

Qarorda 2019-yil 1-iyundan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil bo‘yicha olishga haqli ekanligi belgilangan. Davlat xizmatlarini olishning eksterritorial tamoyili – bu fuqarolar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’i nazar, istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish imkoniyati hisoblanadi.Mazkur qulaylikni 1-iyunni kutmasdan tezroq joriy qilish uchun Davlat xizmatlari agentligining mas’ul xodimlari tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilgan. Natijada yuridik va jismoniy shaxslar joriy yilning 1-aprel sanasidan boshlab barcha xizmatlar eksterritorial tamoyil bo‘yicha, ya’ni istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilib xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Misol uchun, Toshkent shahrida faoliyat yuritishni maqsad qilgan tadbirkor Samarqand viloyatidagi markazlardan turib ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Nafaqat ro‘yxatdan o‘tish sohasida, balki Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan aksariyat xizmatlardan doimiy yashash joyidan hamda ro‘yxatdan o‘tgan hududidan qat’iy nazar jismoniy va yuridik shaxslar istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlari orqali foydalanishlari mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank