Yaponiya hukumati Tokioda diplomatik munosabatlarga ega bo‘lgan 195 mamlakat rahbarlarini yangi imperatorning taxtga o‘tirishi munosabati bilan 22-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimga taklif qilish niyatini bildirgan, deya xabar beradi “TASS”.
Hozirgi 85 yoshli imperator Akixito o‘z iltimosiga binoan, taxtni 30-aprel kuni yoshi sababli tark etmoqchi. Ertasi kuni taxtni uning o‘g‘li 59 yoshli valiahd shahzoda Naruxito egallaydi. Ushbu marosim hukumatning uchta avlod vakillari bosh vazir va hukumat a’zolari, parlamentning ikki palatasi raisi hamda Oliy sud raisi ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Yangi imperatorning taxtga o‘tirishi munosabati bilan asosiy an’anaviy marosimlar oktabr oyida bo‘lib o‘tadi. Tantanali ziyofatga 195 mamlakatning yuqori darajali vakillari taklif etilishi rejalashtirilgan.
Konstitutsiyaga ko‘ra, Yaponiya imperatori davlat va xalqning birligi ramzi bo‘lib, aksariyat monarxlardan farqli o‘laroq davlat boshlig‘i maqomiga ega emas. U faqat marosim funksiyalarini bajaradi.
Izoh (0)