Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining “Ulug‘bek” MFYda istiqomat qiluvchi Umar Ortiqov maxsus ruxsatnomasiz Urgut tumanidan o‘zi yashayotgan tumanga tovuq go‘shti yetkazish bilan shug‘ullanib kelgan. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

22-fevral kuni u Loyish shahridagi “Sharq” kafesiga bir necha qutida (bir qutida 18—20 ta) tovuq go‘shti olib kelgan. Mahsulotning sifatidan shubhalangan kafe xodimlari uni olishdan bosh tortgach, u go‘shtni shaharchaning “O‘zbekiston” ko‘chasida joylashgan boshqa oshxonaga olib borgan. Oshxona bekasi Bahora Abduhamidova tovuq go‘shtini iste’molga yaroqsizligini anglab, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Samarqand viloyat hududiy birlashmasining Oqdaryo tuman jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.

Murojaat tuman DSENM, VSE laboratoriya hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tuman jamiyati mutasaddilari ishtirokida o‘rganilgan.

Parranda go‘shti laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganda, unda inson salomatligiga zarar yetkazuvchi 157 turdagi mikrob va bakteriyalar aniqlangan. Tarqatilgan parranda go‘shti zudlik bilan tegishli tartibda yo‘q qilingan.

Hozirda tadbirkorga chora ko‘rilishi uchun hujjatlar tayyorlanib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi