Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi markazdan olis qishloqlarda ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Jizzax viloyati Forish tumanidagi 1-umumta’lim maktabida muzeyning tarix, madaniyat va san’at bo‘limlari ko‘chma ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘chma ko‘rgazmada hududdagi 22 va 55-maktab o‘quvchilari ham ishtirok etdi.
Qirq yildan ziyodroq faoliyat ko‘rsatib kelayotgan viloyat tarixi va madaniyati muzeyida bugungi kunda 22 ming 700 tadan ko‘proq eksponat saqlanmoqda. Bu eksponatlarning katta qismini mamlakat qadim o‘tmishidan guvohlik beruvchi arxeologik, etnografik ashyolar tashkil etadi.
Ayniqsa, xalqning milliy ozodlik harakatiga bag‘ishlangan eksponatlar va hujjatlarga muzeyda keng o‘rin berilgan. Jumladan, 1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘oloniga bag‘ishlangan ko‘rgazma shu jihati bilan alohida o‘rin tutadi. Bu mavzuda eksponatlarda qo‘zg‘olonning kelib chiqish sabablarini, manzaralarini aks ettiruvchi tarixiy ashyolar, suratlar, ushbu milliy insonlar taqdirini aks ettirilgan.
– Yoshlarimizning Vatan tarixi va madaniyati haqida bilimlarini boyitishda maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etishni rejalashtirganmiz, – deydi muzey ilmiy xodimi Munira Yusupova. – Ko‘chma ko‘rgazmada o‘quvchilarga viloyatimizda uchraydigan noyob hayvonlar va o‘simliklar, viloyatimiz tarixi, etnografiyasi, milliy-madaniy meros obyektlari haqida batafsil ma’lumot olishmoqda. Ko‘rgazma davomida muzey eksponatlarni namoyish etish bilangina cheklamasdan o‘quvchilar bilan tarixiy, etnografik, ekologik mavzularda suhbatlar o‘tkazilmoqda, qiziqarli videoroliklar namoyish etilayotir.
Muzey jamoasining yillik ish rejasi asosida bunday ko‘chma ko‘rgazmalar barcha tumanlarda o‘tkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...