Butun dunyodagi internet foydalanuvchilari “super oy” hodisasi fotosuratlari bilan bo‘lishdi, deya xabar beradi “Zakon.kz”.

Bu sun’iy yo‘ldoshni Yerga eng yaqin masofaga yaqinlashgan hodisasi sanaladi. Ushbu hodisa 19-fevral kuni sodir bo‘lgan.

Oxirgi marta uni 21-yanvar kuni ko‘rish mumkin edi, bu Oyning to‘liq tutilishi bilan to‘g‘ri keldi. O‘shanda oy yer shariga 357,3 ming kilometrga yaqinlashgan.

Yer va Oy orasidagi masofa Oyning elliptik orbitasi tufayli 357 ming kilometrdan 406 minggacha bo‘lgan. Hodisani kuzatish uchun sun’iy yo‘ldosh Yerdan eng yaqin nuqtadan uch kun o‘tgandan yoki uch kun oldin bo‘lishi kerak. Bu yil bunday hodisa boshqa kuzatilmaydi.