Istanbulda harbiy vertolyot qulashi oqibatida jarohatlangan 4 kishi vafot etdi. Bu haqda shahar gubernatori Ali Yerlikayya ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: “TASS”

“4 nafar askar yaralangan va gospitalga yetkazilgandi. Afsuski, ularning barchasi hayotdan ko‘z yumdi”, — dedi gubernator.

Hodisa oqibatida boshqa qurbon yoki jarohatlanganlar yo‘qligi bildirilmoqda.

Vertolyotning qulash sabablari hozircha ma’lum emas. Istanbul bosh prokuraturasi tekshiruv boshladi.