Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Xalqaro armiya o‘yinlari — 2019” tanlovining “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishi O‘zbekiston hududida birinchi marta o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘tgan yilgi “ArMI—2018” o‘yinlari Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Eron, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarda 28 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘lib, unda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan harbiylar ishtirok etgan edi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari esa 12 yo‘nalishda qatnashib, umumjamoa hisobida 6-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

O‘tgan yilgi o‘yinlarda “Harbiy-tibbiy estafeta” bellashuvida ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchi, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy poliklinika terapevt-shifokori, tibbiy xizmat kapitani Larisa Xolmamatova harbiy shifokorlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Maxsus ko‘nikmalar” yakkalik bahsida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston hududida birinchi marotaba o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro armiya o‘yinlari Jizzax viloyatidagi “Forish” tog‘-dala o‘quv maydonida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi