Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Xuan Antonio Pitssi o‘z lavozimidan ozod etildi.

Foto: “Arabnews.com”

Osiyo Kubogi musobaqasi 1/8 finalida Saudiya Arabistoni o‘z yurishini to‘xtadi. 50 yoshli mutaxassis Yaponiyaga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida terma jamoa bilan shartnomasi tugaganini va uning uzaytirilmasligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni musobaqaning 1/8 final bosqichigacha bordi va unda Yaponiya terma jamoasiga 0:1 hisobida yengildi.

U Saudiya Arabistoni termasini 2017-yildan beri boshqarib kelayotgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!