22-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining 1/8 final bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuv yakunlandi.

Foto: Twitter

Unda Janubiy Koreya terma jamoasi Bahrayn bilan kurash olib bordi.

O‘yinning 43-daqiqasida Hi Chan Hvang hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqaga kelib  Bahrayn terma jamoasi a’zosi Muhammad Marzuq hisobni tenglashtirdi (1:1).

Bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi.

Birinchi 15 daqiqalik bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Hong Chul o‘rniga maydonga tushgan Kim Jin Su bosh bilan zarba berib, Bahrayn darvozasini ishg‘ol qildi (2:1) va jamoasining keyingi bosqichga chiqishini ta’minladi.

Janubiy Koreya termasi musobaqaning 1/4 final uchrashuvida Qatar—Iroq uchrashuvi g‘olibi bilan bellashadi.

Osiyo Kubogi—2019

1/8 final bahslari

22-yanvar, seshanba

Janubiy Koreya—Bahrayn 1:1

Gollar: 1:0 — 43 Chan Hvang, 1:1 — 77 Marzuq, 2:1 — 105 Kim Chin Su.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!