“Liverpul”ning germaniyalik ustozi Yurgen Klopp Angliya premyer ligasida dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi. Bu haqda liganing Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Foto: Twitter

Klopp dekabr oyida “mersisaydliklar” bilan 7 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta g‘alabaga erishgandi.

U bu yo‘lda quyidagi murabbiylarni ortda qoldirdi:

  • Maurisio Pochettino (“Tottenhem”, 5 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat)
  • Mauritsio Sarri (“Chelsi”, 5 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat)
  • Nunu Eshpiritu Santu (“Vulverhempton”, 4 ta g‘alaba, 1 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat)
  • Manuel Pellegrini (“Vest Hem”, 5 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!