Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Termiz shahridagi Yoshlar markazida Termiz garnizoni harbiy qism hamda muassasalari harbiy xizmatchilari va oila a’zolarining ijtimoiy masalalari, mavjud muammolariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Keyingi yillarda Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlarda yuz bergan yangilanishlar sohaning jangovar tayyorgarligini oshirdi. Harbiy qism va harbiy shaharchalarda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Shunga asosan o‘tgan yili vohada 122 xonadonga mo‘ljallangan barcha qulayliklarga ega zamonaviy uylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Joriy yilda yana 362 harbiylar oilasi yangi uy to‘ylarini o‘tkazadi. Yangi yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq qator harbiy qism va harbiy shaharchalarning infratuzilmasi tubdan yangilanadi.

Ochiq muloqotda viloyat hokimligi, Prezidentning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi, Termiz harbiy prokurori va boshqa mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari o‘rtaga tashlagan turli masalalarni tinglab, joyida hal etish choralarini ko‘rdi. Yechimi muddat talab etadigan muammo va takliflar nazoratga olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yonib ketgan “Appolon-1” ekipaji, Braziliyada 242 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan tungi klubdagi yong‘in va Moskvada o‘tkazilgan Leninning dafn marosimi. Kun x...
Mahalliy
Tashkent Index’dagi talabalar majburan chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — vazirlik
Mahalliy
Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi tiklandi