Tokio baliq bozoridagi auksionda og‘irligi 278 kilogramm bo‘lgan tunets balig‘i salkam 3,1 million AQSh dollariga sotildi, deb xabar bermoqda The Japan Times nashri.

Kiyesi Kimura va tunes balig‘i. Foto: “EPA/UPG”

Ma’lum qilinishicha, tunets balig‘ini Sushi Zanmai restoran tarmog‘ining egasi Kiyesi Kimura sotib olgan. “Men yaxshi baliq sotib oldim. Narx odatdagidan ko‘ra qimmatroq, lekin bizning xaridorlarimiz ushbu ajoyib tunetsni mazza qilib tanovul qilishadi, degan umiddaman”, — dedi Kimura.

Shu kungacha, tunets balig‘ining auksion savdolaridagi rekord narxi 2013-yilda, Yaponiyaning Sikidzi baliq bozorida o‘rnatilgan. O‘shanda 200 kilogrammlik baliq 1,8 million AQSh dollarga sotilgan.