Avstraliyada o‘rgimchakka qattiq baqirgani sababli bir fuqaro politsiya tomonidan chaqirtirildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, u o‘rgimchakka qarata “Nega hech o‘lmaysan?”, deya baqirgan. Buni eshitgan atrofdagilar qo‘rqib politsiyaga murojaat qilgan.
Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot organlari tomonidan erkak shunchaki o‘rgimchakka baqirgani aniqlangan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Erkak yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Izoh (0)