Janubiy Afrikaning Yoxannesburgida joylashgan Drivelines Studios uyi yangi avlod turar joyi sifatida bunyod etilgan. Bu haqda TJournal yozadi.

Foto: LOT-EK

Ushbu hududda yashaydigan yoshlar shahar markaziga ko‘rk berishda faol ishtirok etadi. Ichki hovlida joylashgan yetti qavvatli uyning asosi bo‘lib, 140 ta yuk konteyneri qo‘llanilgan, unda zina, o‘tish yo‘lagi va lift shaxtalari ham bor.

Foto: LOT-EK

Tashqi devorlarda fasad qismini shakllantiradigan katta derazalar qirqilgan. Majmuadagi uylar turli hajmlarda, ammo har birining oshxona va sanuzeli mavjud.

Uyning birinchi qavatida bir nechta turar joydan tashqari do‘konlar, bog‘ hovli va suv havzasi mavjud.

Foto: LOT-EK

Foto: LOT-EK

Yuk konteynerlari dunyo arxitekturasida mashhur materialga aylanmoqda. Masalan, ulardan Qatarda 2022-yilgi Jahon chempionati uchun stadion hamda turar joy majmualari quriladi.

Foto: LOT-EK

Foto: LOT-EK