Sobiq aktrisa va shahzoda Garrining rafiqasi Megan Markl qirollik oilasiga moslashish uchun shahzoda Uilyamning rafiqasi Keyt Middltonning kiyinish uslubini o‘ziga qabul qildi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Foto: Getty Images

Sobiq aktrisa qirollik oilasi a’zosiga aylanganidan keyin uning kiyinish uslubi Keyt Middltonnikiga o‘xshay boshladi.

Nashr tomonidan xabar berilishicha, Meganning qabul qilgan uslubi Gollivud uchun juda kamtar bo‘lsa ham, qirollik oilasini qoniqtiradi.