Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ichki ishlar vazirligining “Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy jarimalarni to‘lashning billing tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i joriy yil 1-noyabridan kuchga kiradi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Foto: O‘zА

Foto: O‘zА

Mazkur hujjatga muvofiq aynan ushbu sanadan boshlab Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy jarimalarni to‘lashning billing tizimi tajriba tariqasida ishga tushiriladi.

Shuningdek, buyruqda Ichki ishlar vazirligi tomonidan respublika miqyosida yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ma’lumotlarning yagona bazasini o‘z ichiga olgan, jarimalar solish tartibotlari va ularning to‘lanishini nazorat qilinishini ta’minlovchi “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KAAT) amaliyotga joriy etilgani ham qayd etilgan.

Endilikda “Ma’muriy amaliyot” KAATdan foydalangan holda transport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi birinchi marta yoki takroran sodir etilayotganligi bo‘yicha fakt planshet telefonlar yordamida voqea joyining o‘zida real vaqt rejimida aniqlanadi.

Billing tizimidan foydalanishda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun transport vositalari haydovchilarining haydovchilik guvohnomalari olib qo‘yilmaydigan bo‘ldi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilishni nazarda tutuvchi moddasida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.

Muhim yangiliklardan yana biri — qoidabuzarga jarima mobil aloqa operatorlari orqali billing tizimidan foydalangan holda SMS shaklda hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJ orqali yuboriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...