Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yevropaga Yangi yil chiptalari uchun talab rossiyaliklar orasida deyarli 20 foizga kamaydi, ammo eng kutilmagan holat — birinchi marta O‘zbekiston eng mashhur yo‘nalishlar reytingida yetakchiga aylandi, deb xabar beradi “Life.ru”.

Foto: “Life.ru”

Foto: “Life.ru”

Turli taxminlarga qaramay, qishki bayramlar uchun Yevropaga chiptalar o‘rtacha 2 foizga arzonlashdi. Uzoq xorij mamlakatlariga o‘rtacha chek 1 foizga oshdi. Rossiya bo‘ylab aviachiptalar 7 foizga qimmatladi. Qo‘shni mamlakatlarga yangi yil uchun aviachipta narxlari o‘rtacha 10 foizga o‘sdi.

Reytingda Markaziy Osiyoning yetakchilik qilishiga sabab, muhojirlarning vataniga qaytishi statistika ko‘rsatkichlarini oshirib yuborgan. Rossiyada ishlayotgan mehnat muhojirlari har yili yangi yilda uyga qaytadi.

Ikkinchi tomondan esa tobora ko‘proq sayyohlar Markaziy Osiyoga sayohat qilish, diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qilish va milliy taomlardan ta’tib ko‘rishni ma’qul ko‘rmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi