Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor ustidan qozonilgan g‘alaba va jangdan so‘ng yuzaga kelgan mushtlashuvga press-konferensiyada izoh berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Nevada komissiyasidan, Las-Vegasdan uzr so‘ramoqchiman. O‘zimni yaxshi tomondan ko‘rsata olmaganimni bilaman. Nima uchun hozir faqat men qafasdan sakrab o‘tib, kimgadir hujum qilganim haqida gapirishayotganini tushunmayapman. Ammo biz Makgregorning nima qilgani haqida gaplashmayapmiz. U meni dinim, mamlakatim va otamni haqorat qildi. U Bruklinda avtobusga hujum qildi. U bir necha kishini o‘ldirib qo‘yay dedi. Bu haqda nima deysiz?

Men oldin ham bu o‘yinni o‘zgartirmoqchi ekanligimni aytganman. Odamlar raqib, uning otasi, dini haqida har xil bema’ni gaplarni aytishini istamayman. Din va millat haqida gapirish mumkin emas. Bu men uchun muhim. Otam meni har doim hurmat saqlashga o‘rgatgan. Uyga borganimda u meni ta’zirimni berishini bilib turibman. Nevada, kechir. Vegas, kechir. Men yengilmas va mutlaq chempionman.

Butun media Makgregor Putin bilan suratga tushgani va boshqa narsalar haqida gapirdi. Putin hozirgina menga telefon qildi va men bilan faxrlanishini aytdi. U “Seni tabriklayman” deb aytdi. Men bu bilan faxrlanaman.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Ma’lumot uchun, Habib Konor bilan jang uchun 2 million dollar miqdorida gonorar olishi belgilangandi. Ammo jangdan yuzaga kelgan janjal tekshiruvi tugaguncha unga gonorar berilmaydigan bo‘ldi. Konor esa o‘zining 3 million dollarini muammosiz qo‘lga kiritishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent vaqti bilan bugun tongda o‘tkazilgan jangda Habib Nurmagomedov to‘rtinchi raundda Konor Makgregorni bo‘g‘ish usuli bilan g‘alaba qozondi. Ammo jang tugashi bilan oktagon tashqarisida va oktagon ichida janjal yuzaga keldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi