AQShda UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor va yengil vazn toifasidagi chempion rossiyalik Habib Nurmagomedov o‘rtasida UFC 229 musobaqasining asosiy jangi bo‘lib o‘tdi.
1-raundda tomononlar bir-birini o‘rgandi. 2-raundda Habib ketma-ket zarbalar berib Konordan ustun kela boshladi. 3-raundda ham Habibi irlandiyalik raqibidan ustun keldi. 4-raundda esa Habib Konor taslim etdi. Shu tariqa rossiyalik sportchi yengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini o‘zida saqlab qolishga erishdi.
Mazkur g‘alaba Habib Nurmagomedov uchun faoliyatidagi 27-jangidagi 27-g‘alaba bo‘ldi, Makgregor esa o‘z faoliyatidagi 4-jangda mag‘lub bo‘ldi. Konor bungacha 21 jangda g‘alabaga erishgan.
Izoh (0)