Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

10—13-sentabr kunlari birinchi marta Toshkent shahrining “Universal” sport majmuasida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasida armiya qo‘l jangi chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mazkur bellashuv uchun ishtirokchilarni saralash maqsadida joriy yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida chempionatlar o‘tkazilmoqda. Uni tashkillashtirish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mas’ul etib tayinlandi.

2017-yilda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari MDH mamlakatlarining xalqaro musobaqalarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, 2018-yilning aprelidan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasidagi harbiy-amaliy sportning 7 ta turi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Rossiyada “Komandirlik startlari startlari” musobaqasi, iyun oyida Belarus Respublikasida “Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi” musobaqalari, avgustda esa Qirg‘izistonda “MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” bahslari bo‘lib o‘tgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak