Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevga poytaxtning eski shahar qismi, madaniy meros obyektlari va atrof-muhit qulay ekologik holatining saqlanishi, aholi hayot darajasi va sifatini oshirish, manzarali daraxtlar va gullar ekkan holda yashil hududlar barpo etish, daraxtlar va o‘simliklarning noqonuniy kesilishdan himoya qilish vazifasi topshirildi. Bu Prezidentning 15-avgustdagi farmonida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi UZ24.

Foto: UZ24

Foto: UZ24

Farmonga muvofiq, shahar hokimi investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari tomonidan shaharsozlik reglamentlari va qurilish-montaj ishlarining sifati bo‘yicha talablarga rioya etilishi, investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarining muammolarini hal qilish, bunda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning natijadorligiga o‘z faoliyatida alohida e’tibor qaratish, xolislik va ochiqlik prinsiplariga rioya etish, shuningdek, Toshkent shahri aholisi manfaatlarini hisobga olishi belgilandi.

Jahongir Ortiqxo‘jayevga ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan va turli qonunbuzarliklar (daraxtlarning noqonuniy kesilishi, madaniy meros obyektlariga zarar yetkazish va boshqalar) bilan bog‘liq fuqarolar murojaatlari va shikoyatlari bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish yuzasidan mas’uliyat yuklatildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda milliarder Gautam Adanining yangi loyihasiga qarshi ommaviy namoyishlar avj oldi
Sport
Kamerun terma jamoasi yulduzi Andre Onana murabbiy bilan kelishmovchilik sabab JCH—2022 ni tark etdi
Mahalliy
Infografika: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng ko‘p savdo qilayotgani ma’lum qilindi