Gvatemaladagi Fuego vulqoni otilishi natijasida halok bo‘lganlar soni 125 taga yetdi. Bu haqda EFE agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Shuningdek, 297 kishining bedarak yo‘qolgani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Fuego vulqonining otilishi haqidagi dastlabki xabarda halok bo‘lganlar soni 25 kishini tashkil qilgani ma’lum qilingan. 5-iyun, seshanba kuni qurbonlar soni 69 taga yetgan. 6-iyun, chorshanba kuni 75 kishining halok bo‘lgani xabar qilingan. 7-iyun, payshanba kuni Gvatemala favqulodda vaziyatlar agentligi 99 kishining o‘limi haqida ma’lum qilgan. 8-iyun, juma kuni qurbonlar soni 109 taga yetgan.