Samarqand shahrida Sherali Jo‘rayevning konserti qoldirilgan “Dinamo” o‘yingohida bugun Yulduz Usmonova konsert bermoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.
Yo‘lning bir tomonida harakatlanish to‘xtatilgan. Konsertga tashrif buyuruvchilarning kayfiyati a’lo. Ammo yo‘l yopilganligi uchun haydovchilarda kayfiyat yo‘q.
25 ming so‘mdan sotilayotgan chiptalar muammosiz ketmoqda. Konsert soat 20:00 da boshlanadi. O‘yingohning yarmidan ko‘pi to‘lgan.
Izoh (0)