Yaqinda Turkiyada yangi turistik yo‘nalish — dunyodagi eng xavfli yo‘l ochiladi, deb yozmoqda TravelAsk.
Turkiyada ochiladigan yo‘l hatto Boliviyadagi mashhur O‘lim yo‘lini ham ortda qoldirmoqda.
Derebashi aylanma yo‘li Turkiya shimoli-sharqidagi Sangali tog‘idan o‘tadi. Yo‘lning 13 ta xavfli burilishi bor. Ushbu hududda tuman, yog‘ingarchilik va yer ko‘chishlari tez-tez sodir bo‘ladi, sovuq mavsum boshlanishi bilan yo‘l yarim yilga yopib qo‘yiladi.
Shunga qaramasdan, Sangali tog‘i Turkiyaning eng manzarali hududlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda ayni paytda turistik obyektlar qurilishi boshlangan. Yaqin orada tog‘ga sayyohlar va alpinistlar tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi.