• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda bir yilda 500 mingdan ortiq yoshlar ishlash uchun chet elga chiqib ketdi

    Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-iyul kuni yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: Preziden matbuot xizmati

    Foto: Preziden matbuot xizmati

    Yig‘ilishda qayd etilganidek, yoshlar o‘rtasidagi muammolar, jumladan, jinoyatchilikning ildizi aksar hollarda ishsizlikka borib taqaladi. Joylarda yoshlarning bandligini ta’minlash borasida jiddiy muammolar mavjud. 1700 dan ortiq mehnat yarmarkasi o‘tkazilganiga qaramay, ularda ishtirok etgan yoshlarning atigi 5 foizi ishga joylashtirilgani, so‘nggi bir yilda 509 ming nafar yoshlar uzoq muddatga chel ellarga chiqib ketgani ishga mas’uliyatsiz yondashuvdan dalolat beradi.

    Yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilishimiz kerak, dedi davlat rahbari.

    Quyi Chirchiq tumani misolida olinadigan bo‘lsa, bu yerda yoshlarning hisobotlarda ko‘rsatilganidek 2,5 mingi emas, balki 6,3 mingdan ziyodi ishsiz ekani aniqlandi. Tuman yoshlarini qiynab kelayotgan muammolarning aksariyati joyida hal etilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va yoshlarning ijtimoiy faolligidan kelib chiqqan holda, tumandagi 37 ta mahallaning 13 tasi “og‘ir”, 18 tasi “qoniqarsiz” va 6 tasi “qoniqarli” toifaga ajratilib, ularni bosqichma-bosqich “yaxshi” toifasiga o‘tkazish bo‘yicha manzilli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

    Jumladan, “Yoshlar mehnat guzarlari” tashkil etish uchun bino va yer maydonlari ajratildi, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va boshqa tadbirlar natijasida 1200 dan ziyod ishsiz yoshning bandligi ta’minlandi, tadbirkorlik faoliyati uchun yoshlarga 2,3 milliard so‘m kredit ajratildi.

    Ushbu tajriba asosida Yoshlar kuni arafasida “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi tasdiqlandi va uni barcha tuman va shaharlarda amalga oshirish boshlandi. Dastur ijrosi uchun Yoshlar ittifoqi huzurida “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda uning tuman va shahar filiallari tashkil etildi. Bu tuzilma mablag‘laridan yoshlarning biznes loyihalari uchun yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit beriladi. Dasturda har bir tumanda ajratiladigan kredit hajmi va uni oluvchilar soni, kredit beriladigan faoliyat yo‘nalishlari, buning natijasida yaratilishi zarur bo‘lgan ish o‘rinlari miqdori aniq belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, har bir fermerga bittadan band bo‘lmagan yoshni biriktirish ko‘zda tutilgan.

    Davlat rahbari muvaffaqiyatga erishgan yosh tadbirkorlar orasidan 2 hafta muddatda jamg‘armaning tuman va shahar filiallari rahbarlarini tayinlash, Investitsiya va Ijtimoiy masalalar komplekslarining respublika va hududiy organlari hamda tijorat banklari xodimlarining 30 foizini lavozimi va ish haqini saqlagan holda, yangi tuzilmaga, uning tuman va shahar filiallariga biriktirish lozimligini ta’kidladi.

    Dastur ijrosini samarali muvofiqlashtirib borish uchun Bosh vazirga Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha respublika komissiyasi a’zolarini har bir hududga shaxsan mas’ul etib biriktirish hamda ular boshchiligida davlat idoralari, jamoat tashkilotlari rahbar xodimlari va viloyat prokurorlaridan iborat tarkibda ishchi guruhlar tashkil etish vazifasi topshirildi.

    Hokimlar va sektor rahbarlari har hafta kamida ikki kun uyushmagan, hech qayerda ishlamaydigan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rganishi, eng avvalo, bandligini ta’minlash choralarini ko‘rishi lozimligi qayd etildi.

    Yig‘ilishda yoshlarni ma’nan barkamol etib tarbiyalash, ularni turli oqimlar va yot g‘oyalar ta’siridan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Buning uchun yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni yanada jonlantirish, ularni muzey, teatr va boshqa madaniy-ma’naviy maskanlar, sport musobaqalari, ilm-fan, sport va amaliy san’at to‘garaklariga faol jalb etish orqali bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini tashkil etish zarur.

    Farzand tarbiyasi va yurish-turishidan ogoh bo‘lmasak, ularni ilmu-hunarga o‘rgatmasak, ko‘zi mehnatda qotmasa, munosib ish topib bermasak, ularni zararli ta’sirlardan himoya qilish qiyin bo‘ladi, dedi Prezident.

    Shundan kelib chiqqan holda Yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga yoshlarni ma’nan barkamol etib tarbiyalash, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish va yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan ta’sirchan, amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi.

    Yig‘ilishda ushbu dolzarb ishga senatorlar, Oliy Majlis va mahalliy Kengashlar deputatlarini faol jalb etish zarurligi alohida ta’kidlandi. Zotan, xalq vakillari sifatida deputatlar korpusi yoshlar kelajagi uchun hammadan ham ko‘proq jon kuydirishi lozim. Ular joylarda siyosiy partiyalarning yoshlar qanotlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, amaliy uchrashuv va tadbirlar orqali mazkur dastur ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etishi, hududlarda faoliyat olib boradigan ishchi guruhlarga amaliy yordam ko‘rsatishi zarur.

    Voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida erta turmush va tug‘ruqlar soni ko‘paygani bilan bog‘liq muammolar ham muhokama qilindi. Afsuski, erta turmush qurish va ajrashish muammosi bo‘yicha joylarda faqatgina ota-onalarni aybdor qilish bilan cheklanish hollari kuzatilmoqda. Aslida bo‘lar ish bo‘lganidan keyin emas, balki salbiy holatlarni yuzaga keltirmaslik uchun oldindan manzilli ishlash tizimini joriy etish kerak.

    Shu munosabat bilan Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklariga bu yo‘nalishdagi ishlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va ta’sirchan chora-tadbirlarni belgilash vazifasi topshirildi.

    05.07.2018, 09:15   Izoh (0)   20504
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda jinoyat sodir etgan 22 ming kishining yarmini yoshlar tashkil etdi

    05.07.2018, 08:45

    O‘zbekistondagi maktablarda yangi o‘quv yili 10-avgustdan boshlanadimi?

    05.07.2018, 08:02

    O‘zbekistonda 101 davlat fuqarolari 5 kungacha vizasiz qolishi mumkin

    05.07.2018, 07:43

    O‘zbekistonda 20 yil davomida ilk bor 40 ta bolalar bog‘chasi quriladi

    04.07.2018, 23:53

    Qoraqalpog‘istonda davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘li 20 kun ichida ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi

    04.07.2018, 23:45

    Markaziy bank valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishning yangi tartibini tasdiqladi

    04.07.2018, 23:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.