Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2018-yilning 16-may kuni Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida islom bank ishi va moliya infratuzilmasini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida joylashtirildi.

Biznes yuritishning islomiy normalari dunyoda katta qiziqish uyg‘otayotgan bo‘lsada, O‘zbekiston uchun mutlaqo yangi moliyaviy institut hisoblanadi. Islom bankingi nafaqat u yaqin bo‘lgan Sharqiy va Osiyo mamlakatlarida, shu bilan birga Yevropa davlatlarida ham joriy etilmoqda.

Biznes hamjamiyati fikri bilan o‘rtoqlashish uchun biz Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari, muvaffaqiyatli tadbirkor Xolmatov Ulug‘bek Valiyevichga murojaat qildik.

—Ulug‘bek Valiyevich, Islom banking faoliyatining asosiy prinsiplari va uning odatiy bank tizimidan farqli jihatlari to‘g‘risida gapirib bersangiz?

—Avvalo, ba’zi atamalarni izohlab bersam:

Islom bankingi—bu islom jamiyatining iqtisodiy boshqaruvi hamda ijtimoiy, siyosiy, madaniy jihatlariga aloqador shariat tamoyillariga muvofiq moliyaviy faoliyatdir.

Summa va qarz muddati asosida hisoblanadigan foiz yoki stavkadan haq olish taqiqlanganlik Islom bankingning muhim jihati hisoblanadi. Ushbu taqiq ijtimoiy adolat va tenglik to‘g‘risidagi musulmon qonunlari bilan tushuntiriladi. Islom foyda olishni qo‘llab-quvvatlaydi, ammo ushbu maqsadlarda foizlardan foydalanishni rad etadi. Axir bunday faoliyat mahsulot yaratishga olib kelmaydi va jamiyat farovonligini oshirmaydi. Islom etikasi qoidalariga ko‘ra foyda qaltislik, mehnat va kuch uchun mukofot bo‘lishi lozim.

Agar moliyaviy institut kredit beruvchi hisoblanmasa, u investor yoki hamkorga aylanadi. Islom bankingining asosiy ishlash tamoyili — loyiha investitsiyasi shu bilan bog‘liq. Shunday qilib, hamkorlar o‘rtasida bo‘linadigan loyihaning barcha jihatlari va qaltisliklari o‘rganilib, ma’lum loyiha uchun sarmoya ajratiladi.

Umumlashtirib shuni aytish mumkinki, turli vositalar, shu jumladan xizmat ko‘rsatish va real biznesda birgalikdagi ishtirok etish yordamida iqtisodiyotning amaldagi sektorlari bilan aloqalarni yaratishga qaratilgan.

Unutmaslik lozimki, |Islom banki – eng avvalo shariat normalari asosida moliyaviy instrumentlar yordamida foyda olish va o‘zining aylanma kapitalini qaytarib olishga qaratilgan bankdir.

O‘zbekiston Prezidentining qarori loyihasiga muvofiq, ishchi loyihani tugatish bo‘yicha Komissiyaga O‘zbekiston Islom taraqqiyot bankini (O‘ITB) tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Prezidenti qarori loyihasini qonunchilikda belgilangan tartibda kiritish topshirilgan.

O‘ITB standart chakana xizmatlar, shu bilan birga, eksport-importni moliyalashtirish, uy-joylarni moliyalashtirish, lizing faoliyati (ijara), sug‘urta faoliyati (takaful), shuningdek, tarkibiy tuzilmalari orqali qimmatli qog‘ozlar bozoridagi xizmatlar (sukuk) ning keng spektrini taqdim etadi.

Bank venchur kapitalda investitsiya hamda fondlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya va qaltisliklarni sug‘urtalash kabi tizimlashtirilgan murakkab moliyaviy mahsulotlarni taqdim etadi.

Siz islom moliya institutining O‘zbekistonda rivojlanish istiqbollarini qanday tasavvur qilasiz? Islom bankingni O‘zbekistonda joriy etishda qanday muammolarga duch kelinishi mumkin?

—Biznes hamjamiyatining vakili sifatida men ishonch bilan aytishim mumkinki, O‘zbekiston aholisining 90 foizini musulmonlar tashkil etishi va ular fiqh qoidalarini (islom yurisprudensiyasi) yaxshi bilishi sababli bizning bozorda moliyalashtirishning ushbu turi talabgor bo‘ladi.

Ayni paytda dinning barcha normalariga mos keladigan moliyalashtirish mexanizmining mavjud emasligi biznes va aholining moliyaviy va iqtisodiy faollashuvini sekinlatmoqda. Biznesning katta qismi banklar bilan ishlamaydi, ya’ni bankning kreditga o‘xshagan xizmatlaridan foydalanmaydi.

Iqtisodiy nuqtai nazardan islom bankingining rivojlanish istiqboli juda yaxshi. Ammo rivojlanish istiqbollari Islom moliya instituti mahsulotlari va islom yurisprudensiyasi (fiqh) kabi omillarga bog‘liq. Mutaxassislarning yetishmovchiligi ushbu mexanizmni kengaytirishni qiyinlashtiradi, mahsulotlar yetishmasligi mumkin, buning oqibatida ular qimmat yoki sifatsiz bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, bank va uning hissadorlari, islom bankingining barcha loyihalarida garov ta’minoti olish imkoniyatining yo‘qligi kabi qaltisliklar ham bor. Loyiha barbod bo‘lmasligi uchun qaltisliklarni boshqarish tizimining juda sifatli mexanizmini yaratish lozim bo‘ladi.

Va albatta, muhim rol o‘ynaydigan davlatning qo‘llab-quvvatlashisiz islom moliyaviy tizimini joriy etish va o‘rnatish faqat ba’zi instrument va mahsulotlarga tayanib asta-sekinlik bilan amalga oshadi.

—Qaror loyihasini qanday baholaysiz?

—Qabul qilingan rivojlanish strategiyasi doirasida iqtisodiyotning liberallashuvi davom etmoqda va u barcha sohalarga ta’sir etmoqda. Mazkur qaror loyihasini bunchalik tez muhokama bo‘lishini ko‘pchilik kutmagan edi. Ochiq aytish kerakki, mamlakatning bugungi rivojlanish bosqichida bu muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu tizimni qancha tez ishga tushirsak, iqtisodiyot undan shuncha ko‘p foyda oladi.

—Islom bankingi tashkil etilishida O‘zbekiston fuqarolari uchun qanday afzalliklar bor?

—Avvalo, o‘z mablag‘larini bank hisob raqamlaridan tashqarida saqlovchi aholidan bo‘sh mablag‘larni yo‘naltirish hisobiga moliya bozorining faollashuvi kuchayadi.

Shu bilan birga, yangi korxona va loyihalarning tashkil etilishi ishchi o‘rinlarining oshishiga olib keladi.

Bugungi kunda bank xizmatlaridan foydalanmayotgan kompaniyalardan soliq tushimi hisobiga budjetga mablag‘ jalb qilishni oshirish mumkin. Bu ijtimoiy loyihalarni (pensiya to‘lash, maktab va shifoxonalar qurish) amalga oshirish va shahar va qishloqlarimizda hayot sifatini oshirishga ta’sir etadi.

Shuningdek, islom bankingida aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi.

Sayt: http://ambit.uz

Facebook: https://www.facebook.com/AMBiT.uz

Telegram: https://t.me/AMBiTuz

Reklama huquqi asosida!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)