Dunyo miqyosida 12-may hamshiralar kuni sifatida nishonlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonda uch yuz mingdan ziyod o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlari, bir yuz ikki mingdan ziyod patronaj hamshiralari faoliyat yuritadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi va tibbiyot institutlarining “Oliy hamshiralik ishi” bo‘limlarida anesteziologiya, reanimatsiya, xirurgiya, akusherlik va menejment yo‘nalishlari bo‘yicha to‘rt yarim ming oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlandi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati