Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2018-yilning 1-choragida prokuratura organlariga kelib tushgan murojaatlardan 72 292 tasi hal etilib, fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

Prokuratura organlari xodimlari tomonidan 65 855 nafar, shundan, bevosita Bosh prokuratura rahbariyati tomonidan 634 nafar fuqarolar qabul qilindi.

Shu bilan birga, hududlarga chiqib fuqarolarni sayyor qabul qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida tashkil etilgan sayyor qabullar davomida Bosh prokuror tomonidan 291 nafar fuqarolar qabul qilinib, ularning uzoq vaqtdan buyon yechimini topmay kelayotgan turli muammolari hal etilishi ta’minlandi.

Xususan, qabullar natijasida 24 nafar shaxslar ish bilan ta’minlandi, faoliyatni tashkil etish yoki yanada rivojlantirish va shu asosda qo‘shimcha ish o‘rni yaratish uchun 38,2 gektar yer maydoni, 2,8 milliard so‘m kredit mablag‘i va zarur texnika vositalari ajratildi.

Shuningdek, 2 nafar shaxs uy bilan, 8 nafar shaxs nogironlik aravachasi bilan ta’minlandi, 5 nafar fuqaroga uy-joy ajratilishi uchun hujjatlar rasmiylashtirildi, qarzdorlardan 281 million so‘m undirildi, 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inida elektr transformatorlar o‘rnatilib, 2 300 metr elektr liniyasi va 255 metr suv tarmog‘i tortildi.

Qo‘pol qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Masalan, B.Tojiyevning murojaati bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirishda, Qo‘qon shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ma’lumotlarni soxtalashtirib, “Oqjar porloq kelajagi” MChJda tekshirish uyushtirganliklari aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)