Facebook 2017-yilda Sukerbergni qo‘riqlash va shaxsiy samolyotlarga 9 million dollar sarfladi. Bu haqda, kompaniyaning qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyaga topshirgan hujjatlariga asoslanib, “VC.ru” xabar bermoqda.
2016-yilga nisbatan xarajatlar 53 foizga ko‘paygan. Bu Sukerbergning xavfsizligini ta’minlash xarajatlarining ko‘payishi bilan bog‘liq — 2016-yili ular 4,9 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda 7,3 million dollarga teng bo‘ldi.
Shuningdek, shaxsiy samolyotlardan foydalanishga 1,5 million dollar sarflandi.
2017-yili Sukerberg AQSh bo‘ylab safar qildi — u muqaddam bo‘lmagan shtatlarida bo‘lishga qaror qilgan edi.
Izoh (0)