Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 30-tur bellashuvlari bugun — 12-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Stok Siti” va “Manchester Siti” o‘yini bilan yakuniga yetadi.

Foto: FotMob

Foto: FotMob

Manchester klublari uchun atalayotgan mavsum. “Liverpul” ham mag‘lub etilgach, vitse-chempionlik masalasi hal bo‘ldimi?

Kechagi kun Londonning “Tottenhem” klubini kuchli uchlikka olib kirdi. “Liverpul”ning “Old Trafford”dagi mag‘lubiyatidan unumli foydalangan “shporlar” yirik g‘alaba sabab 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Harri Keyn Chempionlar Ligasidagi mag‘lubiyatdan keyingi ilk o‘yinida jarohat oldi, Pochettino uni 34-daqiqada almashtirdi. Koreyalik Son Xyon Min esa sherigining yo‘qligini bildirmay, dublga erishdi.

Londonning boshqa bir klubi “Arsenal” ham yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yevropa Ligasida “Milan”ni taslim etish orqali g‘alabasiz seriyasiga yakun yasab olgan Arsen Venger jamoasi, bu safar “Uotford” postiga 3 ta javobsiz gol urishga erishdi. Endi “to‘pchilar” 15-mart kuni milanliklarni qabul qiladi.

Angliya Premyer-Ligasi 30-tur bellashuvlari 11-mart, yakshanba

“Arsenal” — “Uotford” 3:0

Gollar: Shkodran Mustafi, 8 (1:0). Pyer-Emerik Obameyang, 59 (2:0). Genrix Mxitaryan, 77 (3:0).Noaniq penalti: Troy Dini, 61 (U).

“Bornmut” — “Tottenhem” 1:4

Gollar: Junior Stanislas, 7 (1:0). Dele Alli, 35 (1:1). Son Xyon Min, 62 (1:2). Son Xyon Min, 87 (1:3). Serj Orye, 90+1 (1:4).

12-mart, dushanba“Stok Siti” — “Manchester Siti” 01:00 Futbol-TV

Foto: FotMob

Foto: FotMob

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi