Peterburgda ishga tushirilgan xususiy tramvay birinchi kuniyoq o‘qqa tutildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 7-mart kuni “Chijik” nomli birinchi xususiy tramvay ishga tushirildi. Biroq ishining birinchi kunidayoq tramvaylardan biri o‘qqa tutildi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Xabar qilinishicha, noma’lum kishilar sakkizinchi tramvayni pnevmatik quroldan o‘qqa tutgan. Vagonning to‘rtta oynasi singan va u depoga yuborilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar