Londonlik Saymon Xuper 10 yoshga to‘lmagan to‘rt qizning otasi. Saymon va uning rafiqasi Klementinaning to‘rt qizi — 9, 6 yosh va 10 oylik egizaklari bor. Xuper o‘z hayotini Instagram father_of_daughters’da yoritib boradi, deb yozadi ForumDaily.
Akkauntning 786 mingdan ortiq obunachisi bor. Saymon unda qizlarini tarbiyalash sirlari — ularni uyquga yotqizishdan tishlarining yorib chiqishi va tug‘ilgan kunini nishonlashga doir tajribalari bilan bo‘lishadi.
“Men deyarli supermarketning shu bo‘limida yashayman. Yosh ota-onalar biror narsani qayerdan topishni mendek “tajribali”dan so‘rashadi”, — deb yozadi Saymon.
Oilada tushlik tayyorlash muhim jarayon. Biroq bu jarayonga 10 oylik bolalar qo‘shilsa, Jeymining 15 daqiqalik retseptlari butunlay boshqacha qabul qilinadi.
“Rafiqam bolalar sumkasini yig‘ishni iltimos qildi. Yig‘dim.”
Hujum haqida xabar bering! Gumonlanuvchilar ikki kishi, ikkalasining ham bo‘yi kichkina, bir-biriga shunchalik o‘xshaydiki, otasi ham ularni ajrata olmaydi.
Siz to‘zitdingizmi, yig‘ishtirish uchun ham siz javob berasiz.
Izoh (0)