Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gollivud aktyori Jim Kerri Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashuvi tufayli Facebook’dagi sahifasini o‘chirdi va ijtimoiy tarmoq aksiyalarini sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u 6-fevral, seshanba kuni Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Facebook’dagi aksiyalarimdan xalos bo‘laman va sahifamni o‘chiraman. Chunki Facebook Rossiyaning bizning saylovlarimizga aralashuvidan foyda ko‘rgan va kompaniya buni to‘xtatish uchun yetarli choralar ko‘rmayapti, — deya ta’kidladi Kerri. — Kelajagimizga befarq bo‘lmagan barcha investorlarni aynan shunday yo‘l tutishga chaqiraman”.

Aktyor, shuningdek, CNBC telekanali jurnalistlariga ijtimoiy tarmoqlar ustidan nazoratni kuchaytirish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)