Ijodiy parokandalikni ofisdagi oddiy buyumlar yordamida bartaraf qilish mumkin.

Foto: “Layfxaker”

Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Ish stolingizdan yettita buyum toping va ulardan biron-bir shakl yoki qurilma yasang. Juda ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan naridan-beri tashkillashtiring. Har xil o‘lchamdagi va har xil materialdagi buyumlarni oling. Bularning hammasi uchun 10 daqiqadan ko‘p vaqt ajratmang. Bu vaqt ichida siz tajriba qilishga ulgurasiz, lekin o‘zingizga ishonqiramaslikdan qutulasiz.

Bunday mashqni har kuni ertalab bajaring. Birinchi hafta davomida o‘sha oldingi buyumlardan har xil shakllar va qurilmalar yasang, keyin esa boshqalarini oling.

Mashqlarning mohiyati shundaki, bu odatdagi oddiy buyumlardan ilhom topish va vaqtichog‘lik qilishdir. Ijodkorlikning asosiy tarkibiy qismi ham aynan shundan iborat. San’at asari yaratishga urinmang. Sizning maqsadingiz — bir xil narsalarga har xil ko‘z bilan qarashni o‘rganish.

Nima uchun bu yordam beradi?

Bu miya uchun mashq hisoblanadi. Yurakning chigilini yozish va o‘z ijodiy qobiliyatlarini faollashtirish imkoniyati.

Ijodkorlik eskirgan ishlar yoki tahliliy masalalardan farqli ravishda xushchaqchaq va quvnoq kayfiyatni talab qiladi. Bunday holatda biz xatolardan qo‘rqmaymiz va o‘zimizni kamroq tanqid qilamiz. Shundagina o‘ziga xos g‘oyalar paydo bo‘ladi.

Agar ish stolingizda chiroyli haykalchalar va g‘alati narsalar bo‘lmasa yana ham yaxshiroq. Odatdagi ofis jihozlari — bunday mashqlar uchun juda muvofiq material. Agar qo‘l ostingizda faqat skotch va qisqichlar bo‘lsa, unda tasavvurni ishga solishga to‘g‘ri kelishi aniq.

Manba: “Layfxaker”