NASA va AQSh energiya vazirligi kosmik bo‘shliqni tadqiq etish yoki Oy yo Marsni o‘zlashtirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan kichikroq o‘lchamdagi yadro reaktorini ishlab chiqmoqda. Bu haqda NASA saytiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Qurilmaning navbatdagi sinovi mart oyida Nevada cho‘lida o‘tkaziladi. Loyiha Kilopower nomini oldi. O‘n yil ishlashga mo‘ljallangan reaktor quvvati 1 kVtdan 10 kVtgacha bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Kosmik boshqarma mutaxassislarining baholashicha, bu ikki shaxsiy turar joyni energiya bilan ta’minlash uchun yetarli bo‘lishi mumkin. NASA taqdim etgan suratlarda silindr shaklidagi qurilma balandligi to‘rt metrni tashkil etadi.
Izoh (0)