Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman va shahar tibbiyot birlashmalariga Hyundai rusumli 10 ta zamonaviy reanimobil topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari O.Hamroyev va boshqalar Prezident rahnamoligida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, davolash muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

– Sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan dastur asosida 2013 yildan buyon “Salomatlik-3” loyihasi bo‘yicha umumiy qiymati 20 milliard so‘mlik zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnikalar olindi, – deydi Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i T.Ro‘zmetova. – Xususan, tibbiyot muassasalari Yaponiyada ishlab chiqarilgan 6 dona Nissan rusumli maxsus tez yordam avtotransporti, 27 zamonaviy rentgen diagnostika, 41 digitayzer, 31 ultra tovush tekshiruvi uskunalari, 68 xil stomatologiya anjomi bilan ta’minlandi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

“Salomatlik-3” loyihasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tarkibidagi davolash muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish, yurak-qon tomir, qandli diabet, nafas yo‘llari kasalliklarini samarali davolash, shifoxonalarning ixtisoslashtirilgan statsionar va konsultativ-ambulator yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan maxsus tibbiyot avtomashinalari Beruniy, Qorao‘zak, Kegeyli, Mo‘ynoq, Nukus, Xo‘jayli, Shumanay, Ellikqal’a, Taxiatosh tumanlari hamda Nukus shahri tibbiyot birlashmalariga berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi