6-dekabr kuni Mirobod tumanida qarovsiz qoldirilgan Cobalt avtomobili olib qochildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur mashina Yashnobod tumani, Lisunov-4 dahasida topildi.
“Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida jinoyatni muqaddam sudlangan, 1997-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlandi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.