@paperboyo taxallusi bilan tanilgan Rich Makkor dunyo kezib, turli mamlakatlarning diqqatga sazovor maskanlarini suratga oladi. Richning boshqa suratkashlardan farqli o‘ziga xos noodatiy usuli mavjud: Richning hech bir kadri o‘zi tomonidan tayyorlangan qog‘oz qirqimlarisiz yaratilmaydi. AdMe Makkorning ajoyib fantaziyasi orqali yaratilgan hayratlanarli suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Rich Londonda istiqomat qilganligi sabab, uning aksariyat suratlari ushbu shaharga bog‘liq
Shunga qaramay, suratkash bitta narsani bir necha xil ko‘rinishda taqdim etishga qodir, masalan, Taur ko‘prigi
Qo‘shni Shotlandiyaning ham diqqatga sazovor joylari bisyor. Masalan, muallif quyidagi “orzu balig‘i”ni Glazgoda payqab qolgan
Suratkashning obyektivi orqali Parijni tomosha qilish ko‘pchilikni hayratlantiradi
Fransuz Alplari — bu shubhasiz bitmas-tuganmas ilhom manbai
Ba’zida Rich o‘z suratlarini tarix bilan uyg‘unlashtiradi, Piza
Rim Kolizeyini chetlab o‘tish mumkin emas, albatta
Richning AQShga sayohati natijasida yaratilgan suratlar
San-Fransisko Richning suratlarida yana bir bor o‘zining “Ko‘rfaz bo‘yidagi shahar” ekanligini tasdiqlaydi
Balki rostdan ham Torontodagi SN Tower’da yulduzlar yaqinroq ko‘rinar
Dubayning osmono‘par binosi
Agarda Singapurda rostdan ham ulkan bog‘ va gazonlar bo‘lsa, nega endi golf o‘ynab bo‘lmaydi?
Gonkongdagi uchar kema
Izoh (0)