Afg‘oniston orqali jangarilarning bevosita Tojikistonga bostirib kirish ehtimoli hozirda mavjud emas, ammo bunday ssenariyni ko‘zdan qochirmaslik kerak. Bu haqda Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Igor Lyakin-Frolov bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Afg‘onistondagi vaziyat yaxshilanmayapti, balki ortga qaytmoqda.
“U yerda harbiy harakatlar davom etmoqda. Aytish kerakki, toliblar ancha muvaffaqiyatli jang qilmoqda va yangi platsdarmlarni egallab bormoqda. Bundan tashqari, u yerda IShID guruhlari faollashdi, ular uncha katta emas, lekin mavjud”, — dedi Lyakin-Frolov KXShT qo‘shma kuchlari mashg‘ulotlarining ochilish marosimida.
Mashg‘ulotlar tog‘li hududlarda qurolli guruhlarga qarshi kurashish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan. Ular Afg‘oniston chegaralarida o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)